31 Mart 2023 831

Baratov va Qadamboyeva bronza medali uchun kurashishadi

Dzyudo boʻyicha Antalya “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kun kechki dasturida medallar uchun kurash olib boradigan sportchilar nomi maʼlum boʻldi. Unga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili Dilshodbek Baratov (-60 kg) va Sita Qadamboyeva (-52 kg) uchinchi oʻrin uchun tatamiga chiqishadi. Har ikki vakilimiz ham yarim finalda imkoniyatni boy berishdi. Ular shohsupaga koʻtarilish uchun quyidagi raqiblarni magʻlub etishlari lozim:

-60 kg: Dilshodbek Baratov – Yorre Verstrayten (Belgiya) 
-52 kg: Sita Qadamboyeva – Estrella Sherif (Ispaniya)

Text to speech