31 Mart 2023 1513

Ruslan Nurudinov yana bir chempionlikni tantana qildi

Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kunda ayollar (-87 kg va +87 kg) va erkaklar (-96 kg va -102 kg) o‘rtasida og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi. Kutilganidek, erkaklar o‘rtasida -102 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda Ruslan Nurudinov, ayollar o‘rtasidagi +87 kg toifasida esa Tursunoy Jabborova oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.

Erkaklar, -96 kg:
1. Sunnat O‘sarov (Toshkent vil.) – 355 (165+190) kg
2. Bekzod Sultonboyev (QQR) – 321 (141+180) kg
3. Mirjahon Yusupov (Navoiy) – 320 (146+174) kg

-102 kg:
1. Ruslan Nurudinov (Andijon) – 360 (165+190) kg
2. Qurbonmurod Namozov (O‘zDJTSU) – 345 (155+190) kg
3. Zaynobiddin Muhammadaminov (Namangan) – 331 (152+179) kg

Ayollar, -87 kg:
1. Laylo Xursanova (Namangan) – 194 (87+107) kg
2. Kamola Karimova (Xorazm) – 184 (80+104) kg
3. Xushnoza Xoliqova (Buxoro) – 180 (80+100) kg

+87 kg:
1. Tursunoy Jabborova (Qashqadaryo) – 240 (110+130) kg
2. Sevinch Norqobilova (Navoiy) – 190 (85+105) kg
3. Lola Abdurashidova (Andijon) – 180 (80+100) kg

Musobaqa bugun yakunlanib, unda erkaklar o‘rtasida -109 kg va +109 kg vazn toifalaridagi bahslar o‘tkaziladi.

Text to speech