Mannopova va Rafalovich saralashdan muvaffaqiyatli o’tishdi
Xitoyning Usi shahrida start olgan taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining saralash bosqichida birinchi kun bellashuvlari yakunlandi. Unda ayollar -49 kg va -67 kg, erkaklar -68 kg va +80 kg vazn toifalarida bahs olib borishdi. Dastlabki kun yakunlariga koʻra, hamyurtlarimizdan Madinabonu Mannopova (-49 kg) hamda Nikita Rafalovich (+80 kg) final bosqichiga yoʻllanma olishdi.
Maʼlumot uchun, final bosqichida qatnashish uchun sportchilar nomiga tashkiliy qoʻmitadan maxsus taklifnoma kelishi yoki ishtirokchi saralash bosqichida kamida chorak finalga yetib borishi kerak. Tashkiliy qoʻmita terma jamoamiz aʼzolaridan Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) nomiga ana shunday taklifnoma joʻnatgan. Qolgan vazn toifalaridagi saralash bahslari ertaga oʻtkaziladi.