30 Mart 2023 762

Gimnastikachi qizlarimiz Jahon kubogining ikkinchi bosqichiga yoʻl olishdi

31-mart – 2-aprel kunlari Bolgariyaning Sofiya shahri badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining 2-bosqichga mezbonlik qiladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi. Ayni paytda gimnastikachilarimiz Sofiyada soʻnggi tayyorgarlikni olib borishmoqda. Terma jamoamiz musobaqada quyidagi tarkibda qatnashadi:

Yakkalik: Taxmina Ikromova, Yosmina Rahimova

Guruh mashqi: Iroda Sodiqova, Ruxshona Dehqonova, Mumtoza Isʼhoqzoda, Yekaterina Fetisova, Nargiza Jumaniyazova, Shahzoda Ibragimova.

Text to speech