30 Mart 2023 742

Oʻrganish ishlari davomida Elnur Abduraimov va yosh bokschilar bilan uchrashuv

Toshkent viloyatining sport infratuzilmasini oʻrganib borayotgan MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining boʻlim boshligʻi Akrom Nizametdinov boshchiligidagi ishchi guruh bu gal Boʻstonliq, Quyi Chirchiq, Qibray tumanlari va Chirchiq shahrida boʻldi.

Oʻrganish ishlari davomida mutasaddilar Boʻstonliq tumanida oʻtkazilgan boks turnirini kuzatib, taqdirlash marosimida ishtirok etishdi. Musobaqa yakunida boks boʻyicha Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori, Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi Elnur Abduraimov va yosh sportchilar bilan suhbat oʻtkazildi.

Bir necha kundan soʻng Respublikamiz boʻylab “Besh tashabbus olimpiadasi”ning navbatdagi mavsumiga start beriladi. Safar davomida musobaqaning tuman va shahar bosqichlariga olib borilayotgan tayyorgarlik, bellashuvlar oʻtkaziladigan sport obyektlarining holati koʻzdan kechirildi. Oʻrganish ishlari yakunida masʼullarga mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Text to speech