29 Mart 2023 913

Taekvondochilarimiz "Katta dubulg'a" turniridan oldin so'nggi mashg'ulotni o'tkazishdi

30-31-mart kunlari Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʻyicha "Katta dubulgʻa" musobaqasining saralash bahslari boʻlib o'tadi. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqa oldidan soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotini oʻtkazdi. Hamyurtlarimiz ertadan murosasiz bahslarga kirishishadi. Eslatib oʻtamiz, musobaqada terma jamoamiz 17 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Text to speech