29 Mart 2023 1294

Dzyudochilarimiz katta tarkibda Antalya “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etishadi

31-mart – 2-aprel kunlari Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi “Katta dubulgʻa” turniri boʻlib oʻtadi. Bu musobaqa may oyida oʻtadigan jahon chempionatidan avval soʻnggi turnir boʻlib, koʻplab terma jamoalar sportchilarning tayyorgarligini koʻzdan kechirib olish imkoniyatiga ega boʻladi. Dunyoning 85 mamlakatidan 600 nafardan ortiq dzyudochi bahs olib boradigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda qatnashadi. Bugun tunda jamoamizning asosiy qismi Turkiyaga yoʻl oldi. Yana bir guruh esa Tbilisidan Antalyaga koʻchib oʻtgan. Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

Erkaklar: Dilshodbek Baratov, Bahrom Boturov (-60 kg), Abdurahim Nutfulloyev, Bobur Vadjiyev (-66 kg), Obidxon Nomonov (-73 kg), Nurbek Murtazoyev, Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg), Zufarbek Oʻrolov (-90 kg), Suhrob Rajabov (-100 kg), Shohruh Mamarasulov (+100 kg).

Ayollar: Halimajon Qurbonova, Fotimaxon Tursunboyeva (-48 kg), Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva (-52 kg), Nilufar Yermaganbetova, Shukurjon Aminova (-57 kg), Marjona Nurulloyeva (-63 kg), Shohista Nazarova, Xurshida Razzoqberdiyeva (-70 kg), Irisxon Qurbonboyeva (-78 kg), Rinata Ilmatova (+78 kg).

Text to speech