Eʼtibor markazida Toshkent viloyatining chekka hududlari
MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi boʻlim boshligʻi Akrom Nizametdinov boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Olmaliq, Bekobod, Ohangaron shaharlari hamda Boʻka tumanida boʻldi. Oʻrganish ishlari davomida mutaxassislar bilan yigʻilish oʻtkazilib, joylardagi sport obyektlari koʻzdan kechirildi.
Maʼlumki, Olmaliq va Bekobod shaharlarida futbol, gandbol, futzal kabi jamoaviy sport turlari boʻyicha Respublikamizning yetakchi klublari mavjud. Mutasaddilar bu orqali hududlardagi aholini ommaviy sportga keng jalb qilish boʻyicha fikr almashishdi.
Shundan soʻng sport maktablarining faoliyati, oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Taʼmirlash jarayoni ketayotgan inshootlarning holati koʻzdan kechirilib, ish sifatini yaxshilash, obyektlarni xalqaro talablarga javob beradigan inventarlar bilan jihozlash boʻyicha kerakli tavsiyalar berildi.