29 Mart 2023
1261
Jahon chempionatida ilk medallar qo’lga kiritildi
Durres shahri (Albaniya) mezbonlik qilayotgan og’ir atletika bo’yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida O’zbekiston terma jamoasi ilk medallariga ega chiqdi. -81 kg vazn toifasida supaga chiqqan Diyorbek Ermatov 1 ta oltin va 2 ta bronza medallariga sazovor bo’ldi.
Hamyurtimiz o’zining sevimli dast ko’tarish mashqida 145 kg bilan eng yuqori natija qayd etdi. Siltab ko’tarishdagi 169 kg va ikki kurashdagi 314 kg uni shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilishini ta’minladi.
1. Levan Ochigava (Gruziya) - 322 (143+179) kg
2. Da He Kvon (J.Koreya) - 316 (142+174) kg
3. Diyorbek Ermatov (O’zbekiston) - 314 (145+169) kg