Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalarni samarali tashkil etish bo’yicha topshiriq berildi
Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo’mitasi rahbariyatidan iborat Respublika ishchi guruhi hududlar bo’ylab o’rganish ishlarini olib borayotgani haqida ma’lum qilgan edik.
MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov boshchiligidagi mutasaddilar Toshkent shahridagi jarayonni ko’zdan kechirmoqda. Dastavval Oybek Omilovich hamda Vazirlik mutasaddilari ishtirokida Yoshlar siyosati va sport vazirligining Toshkent shahar bosh boshqarmasi xodimlari uchun kengaytirilgan apparat yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda tumanlar kesimida soha rivojini yanada kuchaytirish, tashkil etilayotgan loyihalarni sifatli amalga oshirilish alohida ta'kidlandi va oldinda turgan "Besh tashabbus olimpiadasi"ni yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha ishchi guruh tomonidan kerakli vazifalar belgilandi.