Doston Yoqubov yana bir bor oʻz vaznida tengsiz ekanini koʻrsatdi
Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha mamlakat birinchiligi qizgʻin davom etmoqda. Ortda qolgan navbatdagi kunda erkaklar -73 kg, ayollar -59 kg vazn toifalarida gʻoliblik uchun supaga chiqishdi. Kutilganidek, 2021-yilgi jahon chempioni Doston Yoqubov oʻz vazn toifasida yana bir Oʻzbekiston chempionligini rasmiylashtirdi. Biroq ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan yosh atletlar unga ancha yaqin natija qayd etishganini alohida taʼkidlash joiz. Batafsil:
Erkaklar, -73 kg:
1. Doston Yoqubov (Toshkent vil) – 305 (135+170) kg
2. Abdulaziz Alimjonov (CHOPSTTM) – 296 (131+165) kg
3. Jasur Maxamatov (CHOPSTTM) – 295 (133+162) kg
Ayollar, -59 kg:
1. Shaxlo Abdullayeva (Xorazm) – 199 (90+109) kg
2. Shahnoza Jabborova (Buxoro) – 175 (78+97) kg
3. Shahrizoda Ergasheva (Navoiy) – 138 (63+75) kg