Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida yetakchilar ishonchni oqlashmoqda
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida mamlakat birinchiligi oʻtkazilmoqda. Musobaqaning ortda qolgan kunida chempionatning tantanali ochilish marosimi va bir qator vazn toifalaridagi bellashuvlar boʻlib oʻtdi.
Musobaqani Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari, mamlakat ogʻir atletika federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov ochib berar ekan, joriy yil ogʻir atletikachilarimizni qitʼa chempionati va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionati kabi muhim musobaqalar kutib turgani, ularda munosib etish uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilayotgani xususida alohida toʻxtaldi.
Natijalarga toʻxtaladigan boʻlsak, Nigora Abdullayeva (-55 kg), Adhamjon Ergashev (-67 kg) kabi terma jamoa yetakchilari yana bir karra Oʻzbekiston chempionligini qoʻlga kiritishdi. Batafsil:
Ayollar, -55 kg:
1. Nigora Abdullayeva (Buxoro) – 185 (82+103) kg
2. Jamila Panfilova (Toshkent vil.) – 184 (84+100) kg
3. Layloxon Polvonnazarova (Xorazm) – 170 (75+95) kg
Erkaklar, -67 kg:
1. Adhamjon Ergashev (Namangan) – 315 (140+175 ) kg
2. Diyor Roʻzmetov (Xorazm) – 287 (129+158) kg
3. Mirkamol Xoshimov (CHOPSTTM) – 275 (128+147)