27 Mart 2023 754

Jalgasbay Berdimuratovni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jalgasbay Berdimuratov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Jalgasbay Berdimuratov 1997-yil 27-mart kuni Nukus shahrida tavallud topgan. Nukus Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi. Yunon-rum kurashi boʻyicha koʻplab xalqaro musobaqalar gʻolibi va sovrindori. 2019-yil Qozogʻistonning Nur-Sultan shahrida oʻtkazilgan jahon chempionatida -77 kilogramm vazn toifasida bronza, 2022-yil esa Serbiya mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida esa -82 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻlgan. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Koʻrsatgan natijalari uchun davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tugʻilgan kuni bilan qutlab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va yangi gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech