26 Mart 2023 1162

Hindistondan xushxabar: Navbahor Hamidova jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi!

Hindiston poytaxti Nyu-Deli shahrida ayollar boksi bo’yicha jahon chempionati o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi.

-66 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o’rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.

Shu tariqa, bokschi qizlarimiz ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Eslatib o’tamiz, bundan avval Turkiyada o’tgan JChda hamyurtlarimiz 2 ta bronza medaliga sazovor bo’lishgan edi.

Text to speech