26 Mart 2023 1249

Dzyudochilarimiz Tbilisi “Katta dubulg’a” turnirini uchta medal bilan yakunlashdi

Gruziya poytaxtida dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turniri o’z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi uchta medalga sazovor bo’ldi.

Musobaqaning oxirgi kunida +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medalini qo’lga kiritdi. Yurtdoshimiz uchinchi o’rin uchun kechgan bahsda slovakiyalik Marius Fizeldan ustun keldi.

Eslatib o’tamiz, bungacha turnir davomida Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin, Obidxon No’monov (-73 kg) kumush medali bilan taqdirlanishgan edi.

Text to speech