26 Mart 2023 870

Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun kurashadi

Tbilisi “Katta dubulg’a” turnirining uchinchi kunida kechki dasturda ishtirok etadigan sportchilar nomi aniqlanmoqda. E’tiborlisi, unda +100 kg vazn toifasida bahs olib borayotgan Shohruh Baxtiyorov bronza medali uchun kurashadigan bo’ldi.

Hamyurtimiz chorak finalda mezbonlar vakili Gela Zalashviliga imkoniyatni boy bergach bronza medali uchun o’tish bosqichida ozarbayjonlik Jamal Gamzatxanovdan ustun keldi. Endi u uchinchi o’rin uchun slovakiyalik Marius Fizelga qarshi tatamiga chiqadi.

Text to speech