25 Mart 2023 1275

Obidxon Noʻmonov Tbilisi “Katta dubulgʻa” turnirining kumush medaliga sazovor boʻldi

Gruziya poytaxti mezbonlik qilayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining ikkinchi kunida Oʻzbekiston terma jamoasining gʻaznasi kumush medali bilan boyidi.

-73 kg vazn toifasida finalgacha yetib borgan Obidxon Noʻmonov shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi. Hamyurtimiz final bellashuvida moʻgʻulistonlik Erdenbayar Batzayaga imkoniyatni boy berdi.

Bu Noʻmonov uchun “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi uchinchi medal boʻldi. Eslatib oʻtamiz, kechagi bellashuvlarda Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilgan edi.

Text to speech