25 Mart 2023 908

Chirchiqda ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi

Bugundan Oʻzbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida ogʻir atletika boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasidagi mamlakat birinchiligiga start berildi. 31-martga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq atlet gʻoliblik uchun bahs olib boradi.

Ahamiyatlisi, chempionatda ishtirok etuvchi sportchilar orasida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov va Akbar Joʻrayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov hamda Tursunoy Jabborova, dunyo birinchiligi sovrindori Adham Ergashev, uzoq tanaffusdan soʻng supaga qaytgan Rustam Jangabayev kabi nomlarni uchratish mumkin.

Mazkur musobaqa orqali terma jamoa murabbiylar shtabi may oyida oʻtadigan qitʼa birinchiligi, shuningdek, kuz faslida kutib turgan Osiyo oʻyinlari va jahon chempionatiga tayyorgarlik yoʻlida asosiy va zaxira tarkibini shakllantirib oladi.

Text to speech