24 Mart 2023 1656

Olimpiada chempionini 40 soniyada magʻlub etgan Keldiyorova Tbilisi “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibiga aylandi!

Gruziyaning Tbilisi shahrida oʻtayotgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining ilk kuni Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. -52 kg vazn toifasida barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova musobaqa gʻolibiga aylandi.

Barcha bellashuvlarni muddatidan avval yakunlab kelayotgan samarqandlik dzyudochimiz finalda ham chempionlik uchun koʻp vaqt sarflamadi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichi atigi 40 soniya ichida taslim etildi.

Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi toʻrtinchi oltin medal hisoblanadi. Ushbu gʻalaba orqali u jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yoʻlida 500 ochkoni oʻz hisobiga qoʻshib qoʻymoqda.

Text to speech