24 Mart 2023 985

Diyora Keldiyorova finalda!

Dzyudo boʻyicha Tbilisi "Katta dubulgʻa" turnirida birinchi kunning saralash bellashuvlari ortda qolmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Diyora Keldiyorova final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

-52 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan sportchimiz yuqori reyting pogʻonasi sabab birinchi davradan erkin oʻtdi. Shundan soʻng Keldiyorova saralashda Qozogʻiston, Polsha vakillarini, yarim finalda esa Xitoy terma jamoasi aʼzosini muddatidan avval magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Hamyurtimiz oltin medal uchun Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichi bilan bellashadi.

Text to speech