24 Mart 2023 773

Olimpiyachilarimizning bugungi raqibi Kot-d’Ivuar

FIFA kunlari doirasida futbol bo’yicha O’zbekiston olimpiya terma jamosi Marokashdagi xalqaro o’rtoqlik turnirida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Terma jamoamiz bugun navbatdagi uchrashuvni o’tkazadi. Toshkent vaqti bilan 25-martga o’tar kechasi 02:00 da start oladigan o’yinda hamyurtlarimiz Kot-d’Ivuar OTJga qarshi bahs olib borishadi.

Eslatib o’tamiz, ushbu yig’in doirasida o’tgan ilk bahsda Timur Kapadze shogirdlari Togo olimpiya terma jamoasini 5:3 hisobida mag’lubiyatga uchratishgan edi.

Text to speech