24 Mart 2023 844

Figurali uchuvchilarimiz Abu-Dabida sovrindor bo'lishdi

BAAning Abu-Dabi shahrida figurali uchish boʻyicha “Abu Dhabi Classic Figure” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. 25 mamlakatdan 145 nafar sportchi bahs olib borgan ushbu nufuzli turnirda hamyurtlarimiz ham ishtirok etishdi.

Yakunda Varvara Korotkova (2010-y. t.) Advanced Novice Girls toifasida oʻtgan bellashuvlarda kumush medalni qoʻlga kiritdi. Musobaqada qatnashgan eng yosh sportchimiz Sofiya Abdulova (2013) esa Cubs Girls toifasida bronza medaliga sazovor boʻldi. Shuningdek, musobaqada chiqish qilgan yana bir yurtdoshimiz Polina Konstandi (2007) shohsupaga koʻtarila olmagan boʻlsa ham, oʻzi uchun ulkan tajriba toʻplashga erishdi.

Text to speech