24 Mart 2023 832

Yosh ogʻir atletikachilarimiz jahon chempionatiga yoʻl olishdi

Bugun Albaniyaning Durres shahrida ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boshlanadi. Mazkur musobaqada ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi erta tongda Yevropa safariga yoʻl oldi.

Maʼlum qilganimizdek, unda 3 nafar hamyurtimiz Azizbek Shomurodov (-61 kg), Diyorbek Ermatov (-81 kg) va Madina Fayzullayeva (-76 kg) medallar uchun kurash olib boradi. Atletlarimizni supaga murabbiy Nurillo Togʻayev olib chiqadi.

Text to speech