24 Mart 2023 793

Bugun dzyudo bo'yicha Tbilisi "Katta dubulg'a" turniri boshlanadi

Bugun Gruziyaning Tbilisi shahrida dzyudo boʻyicha "Katta dubulgʻa" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi. Reglament boʻyicha turnirning birinchi kunida yengil vazn toifasidagi bellashuvlar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili medallar uchun kurashadi. Hamyurtlarimiz bellashuvlarni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:

-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Muhammad Rashnonezhad (IJF)

-60 kg: Doston Ro‘ziyev - Saba Grigalashvili (Gruziya) 

-66 kg: Manuchehr Shirinov - Gustav Brovold (Norvegiya) 

-52 kg: Diyora Keldiyorova - Tolganay Abeuova (Qozog‘iston) / Mari Maxarashvili (Gruziya)

Text to speech