“Laser Run-2023” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi
Poytaxtimizdagi “Ekopark” dam olish maskanida Navroʻz umumxalq bayramiga bagʻishlab “Laser Run-2023” xalqaro musobaqasi boʻlib oʻtdi. Yugurish va lazerli toʻpponchadan otish dasturlarini oʻz ichiga olgan musobaqa yuqori saviyada tashkil etildi. Har ikki yoʻnalishdagi masofalar sportchilarning yosh toifalariga qarab belgilandi.
Musobaqada Toshkent va Respublikamizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 500 nafar sportchi gʻoliblik uchun bahs olib bordi. Qayd etish joiz, barcha ishtirokchilarga tadbir yakunida sertifikatlar topshirildi va ularning natijasi “Laser Run-2023” xalqaro platformasiga joylashtiriladi.
Maʼlumot uchun, bu kabi turnirlarni tashkil etish huquqi Xalqaro zamonaviy beshkurash ittifoqi tomonidan beriladi. Bu yil mamlakatimizga ushbu tasnifdagi musobaqani oʻtkazish uchun 3 ta kvota berilgan boʻlib, ular Toshkent, Samarqand va Andijon shaharlarida tashkil qilinadi.