23 Mart 2023 1533

Oybek Kasimov OFK Yuridik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) oʻz tarkibidagi qoʻmitalarining vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi yangi tarkibini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, unda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Oybek Omilovich Kasimov OFK Yuridik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, yana 5 nafar hamyurtimiz Konfederatsiyaning turli qoʻmitalari aʼzoligiga qabul qilindi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oybek Kasimov va boshqa yurtdoshlarimizni yangi lavozimga tayinlanganlari bilan muborakbod etib, ularning kelgusi faoliyatida ham yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq MOQ raisining birinchi oʻrinbosari, OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasi boʻyicha aʼzoligiga saylanib, tashkilotning Hakamlar Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Text to speech