23 Mart 2023 859

Ot yoʻrttirish boʻyicha “Doʻstlik kubogi” gʻoliblari aniqlandi

21-22-mart kunlari “Universal Horses Stable” majmuasida ot yoʻrttirish boʻyicha “Doʻstlik kubogi” musobaqasining uchinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqaning dastlabki ikki bosqichi Bishkek va Almati shaharlarida oʻtkazildi. Poytaxtimizda oʻtgan yakuniy bosqichda hamyurtlarimiz qatori qoʻshni mamlakatdan tashrif buyurgan yosh chavandozlar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi. Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar roʻyxati quyidagicha koʻrinish oldi:

FEI Chaqiruv kubogi, sinov musobaqasi. Bolalar:
1. Naerin Tolipova (“Xellou Sensey” laqabli otda, Oʻzbekiston)
2. Arina Panova (“Eshton Valley”, Oʻzbekiston)
3. Uma-Sofiya Butovchenko (“Bonita”, Oʻzbekiston)

Saralash sovrini uchun mintaqaviy bahslar, oʻsmirlar:
1. Linara Tolegen (“Monshofs Red Daymond”, Qozogʻiston)
2. Goʻzal Kamalova (“Sanlit Xellas”, Oʻzbekiston)
3. Kseniya Raxmatullayeva (“Eshton Valley”, Oʻzbekiston)

Saralash sovrini, bolalar:
1. Naerin Tolipova (“Xellou Sensey”, Oʻzbekiston)
2. Uma-Sofiya Butovchenko (“Bonita”, Oʻzbekiston)
3. Yusra Fayz (“Gerbrix”, Oʻzbekiston)

Jamoaviy sovrin uchun mintaqaviy bahslar, oʻsmirlar:
1. Linara Tolegen (“Monshofs Red Daymond”, Qozogʻiston)
2. Goʻzal Kamolova (“Sanlit Xellas”, Oʻzbekiston)
3. Andreas Donat (“Verden”, Qozogʻiston)

“Doʻstlik kubogi”ning 3 bosqichdagi yakuni:
1. Linara Tolegen (Qozogʻiston, absolyut chempion) – 65.580 %
2. Uma-Sofiya Butovchenko (Oʻzbekiston) – 58.970 %
3. Andres Donat (Qozogʻiston) – 57.672 %

Text to speech