22 Mart 2023 900

Yengil atletikachilarimiz Turkiya yig'inida

Ayni kunlarda yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining bir qator a’zolari Turkiyaning Belek shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borishmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi Go‘zal Hubbiyeva boshchiligida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda sportchilarimizdan Sharifa Davronova, Anvar Anvarov, Xushnoza Shavkatova, Sayina Xoshimova, Xurshidabonu Xolliyeva, Lidiya Podsepkina, Rashidbek Sodiqov ishtirok etishmoqda.

Yig‘in davomida atletlarimiz umumiy jismoniy tayyorgarlikni kuchaytirish barobarida maxsus texnik harakatlar ustida ham ishlashmoqda. Rejaga ko‘ra, mashg‘ulotlar 19-aprelga qadar davom etadi.

Text to speech