1 May 2021 547

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi slalomchilarimizni qo‘llab-quvvatlaydi

Tailandda slalomda eshkak eshish bo‘yicha Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqa start oldi. Unda Barkamol Mirzahmedov va Janibek Temirgaliyev K-1 yo‘nalishida, Alibek Temirgaliyev va Abubakir Bukanov esa С-1 dasturida yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda. O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi sportchilarimizga masʼuliyatli musobaqada omad tilaydi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech