22 Mart 2023 1140

Boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirmoqda

Hindiston poytaxti mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati hal qiluvchi pallaga kirmoqda. Bugun chorak final janglari oʻtkazilib, yarim finalga yoʻl oladigan sportchilar nomi aniqlab olinadi. Kun davomida ushbu bosqichga yetib kelgan Oʻzbekiston terma jamoasining 3 nafar bokschisi ringga koʻtariladi. Ularning raqiblari bilan tanishing:

-48 kg: Farzona Fozilova – Altansetseg Lutsaixan (Moʻgʻuliston) (B ring, 13:30)
-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Nataliya Sichugova (Rossiya) (A ring, 15:15)
-66 kg: Navbahor Hamidova – Imane Xelif (Jazoir) (A ring, 19:00)

Text to speech