22 Mart 2023 1047

“Uzbekistan Global Tour” musobaqasining ikkinchi bosqichida g‘oliblar aniqlandi

Toshkentda ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour 2023” musobaqasining ikkinchi bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Qiziqarli ruhda o‘tgan musobaqada Respublikamizning ko‘plab hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Bahslarda terma jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qilayotgan sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Turnirning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

F toifasi, 90 sm (to‘siq balandligi):
1. Ulug‘bek Obidjonov (“Karida”, laqabli otda)
2. Azam Tolibboyev (“Kasino VS”)
3. Sofiya Tashmatova (“Barbella”)

С toifasi, 100 sm (bolalar):
1. Akbar Sharipov (“Ragnar Lod Brok”)
2. Sarvarbek Toirov (“Pegas Omskiy”)

Е toifasi, 110 sm:
1. Anna Sigidina (“Elis Dji”)
2. Nurjan Tuyakbayev (“Lakosta”)
3. Sergey Antonvoich (“Lotto”)

В toifasi, 110-115 sm:
1. Azam Tolibboyev (“Klass iks”)
2. Bahromjon Gaziyev (“Etos”)
3. Temur Azizov (“Furina Fan De Fiarat Z”)

D toifasi, 115 sm:
1. Saidamirxon Turg‘unboyev (“Kornet VS”)
2. Oqil Sobirjonov (“Kontendor VS”)
3. Farruh O‘rinboyev (“Gledstoun”)

A toifasi, 130 sm:
1. Sergey Antonovich (“Kvasar”)
2. Xurshidbek Alimjonov (“Chempion Liga”)
3. Gʻayrat Nazarov (“Losinov Boy”)

Text to speech