21 Mart 2023 998

Navroʻz ayyomi muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, ming yillar davomida xalqimiz tomonidan nishonlab kelinadigan Navroʻz bayrami barchaga muborak boʻlsin! Jasur va mard sportchilarimiz, ularning murabbiylari nufuzli musobaqalar, qit’a va jahon chempionatlarida ona Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, diyorimizga yangi gʻalabalar bilan qaytib kelishmoqda.

Fursatdan foydalanib, barchangizni yasharish va yangilanish bayrami bo’lmish Navroʻzi olam bilan yana bir bor muborakbod etib, o’zingizga mustahkam sogʻlik, xonadoningizga fayz-u baraka, to’kin-sochinlik tilab qolamiz!

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi jamoasi

Text to speech