20 Mart 2023 1921

Chempion futbolchilarimizga Prezident sovg'asi topshirildi

Bugun sport jamoatchiligining eʼtibori yana "Bunyodkor" stadioniga qaratildi. Biroz avval u yerda poytaxtimiz mezbonlik qilgan futbol boʻyicha U-20 Osiyo kubogi gʻolibi - Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar futbolchilarimizni qoʻlga kiritilgan muvaffaqiyat bilan qutlab, ularga roppa-rosa ikki oydan keyin bo’lib oladigan Jahon chempionatida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlarini tilab qolishdi. Tadbir yakunida qahramon yigitlarimizga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovgʻasi - "Chevrolet Lacetti Gentra" avtomobillari topshirildi.

Text to speech