19 Mart 2023 1285

Ulan-Bator muzlarini “yondirgan” yosh xokkeychilarimiz tantanali kutib olindi

Kuni kecha Mo‘g‘uliston poytaxtida xokkey bo‘yicha U-18 yosh toifasida o‘tkazilgan qit’a birinchiligida  O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, mazkur sport turida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan edi.

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida hamyurtlarimiz tantanali kutib olindi. Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov va uning o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov, sportchilarning ota-onalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Yoshlar siyosati va sport vaziri qo’lga kiritilgan tarixiy natija bilan yosh xokkeychilarimiz qutlab, ularga keyingi musobaqalarda ham omad tiladi.

Eslatib o’tamiz, iqtidorli xokkeychimiz Jasurbek Rustamxonov musobaqa davomida 14 ta gol va 12 ta assist muallifiga aylanib, musobaqaning eng yaxshi xokkeychisi nomiga sazovor bo‘lgan edi.

Text to speech