19 Mart 2023 1053

Taekvondochilarimiz Belgiyadagi turnirda umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

Belgiyaning Lommel shahrida taekvondo WT boʻyicha “Belgian Open” turniri nihosiga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Hamyurtlarimizdan barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratgan Niyaz Pulatov, Ulugʻbek Rashitov hamda Shuhrat Salayev oltin medalga sazovor boʻlishdi. Gʻolib va sovrindorlar:

 Oltin medal:
-68 kg: Niyaz Pulatov
-74 kg: Ulugʻbek Rashitov
-80 kg: Shuhrat Salayev

Kumush medal:
-62 kg: Feruza Sodiqova

Bronza medal:
-49 kg: Madinabonu Mannopova
-87 kg: Nikita Rafalovich

Text to speech