18 Mart 2023 1148

Tarixiy g’alaba va o’zbek futbolida yangi sahifa ochildi

Toshkentda futbol bo’yicha U-20 Osiyo kubogi o’z yakuniga yetdi. Musobaqa g’olibligi uchun O’zbekiston va Iroq terma jamoalari bahs olib borishdi.

Shiddatli kurashlarga boy bo’lgan uchrashuvda hamyurtlarimiz 1:0 hisobida g’alaba qozonib, ushbu yosh toifasida ilk bor qit’a chempionligini qo’lga kiritishdi. O’yindagi yagona golni 72-daqiqada Umarali Rahmonaliyev kiritdi.

 AFC U-20 Osiyo kubogi, final
 O’zbekiston U20 1 - 0 Iroq U-20
 Gol: Umarali Rahmonaliyev 72’ (1:0)

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi, muzaffar futbolchilarimiz va ularni tayyorlagan murabbiylar, millionlab hamyurtlarimizni ushbu tarixiy g’alaba bilan samimiy qutlaydi.

Text to speech