17 Mart 2023 1252

O‘zbek sportida tarixiy g‘alaba: yosh xokkeychilarimiz Osiyo chempioni!

Mo‘g‘uliston poytaxtida xokkey bo‘yicha U-18 yosh toifasida qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, mazkur sport turida ilk bor Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz so‘nggi turda BAA vakillarini yirik 8:1 hisobida dog‘da qoldirishdi. Qayd etish joiz, iqtidorli hujumchimiz Jasurbek Rustamxonov musobaqa davomida 14 ta gol va 12 ta assist muallifiga aylanib, musobaqaning eng yaxshi xokkeychisi nomiga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu g‘alaba bilan O‘zbekiston xokkey federatsiyasi, yosh sportchilarimiz va ularni tayyorlagan murabbiylarni samimiy qutlaydi.

Text to speech