17 Mart 2023 868

Bugun uch nafar bokschimiz ringga ko'tariladi

Bugun Hindistonda boks boʻyicha ayollar oʻrtasida tashkil etilayotgan jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari oʻtkaziladi. Ushbu kun doirasida 3 nafar hamyurtimiz saralash bosqichida ringga koʻtarilishadi. Yurtdoshlarimizning raqiblari bilan tanishing:

-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Alesha Jekman (Gayana) (“В” ring, 14:25 dan soʻng)

-75 kg: Sohiba Roʻzmetova – Kun Diyem (Vyetnam) (“A” ring, 15:00 dan soʻng)

-60 kg: Sitora Turdibekova – Rimma Volassenko (Qozogʻiston) (“A” ring, 17:40 dan soʻng)

Bellashuvlarning boshlanishi Toshkent vaqti bilan taxminan koʻrsatilgan. Janglarni tomosha qilish uchun juftliklarda belgilangan havolani bosing.

Text to speech