16 Mart 2023 873

“Allyur”da Toshkentning mohir chavandozlari aniqlandi

“Allyur” majmuasi ot yo‘rttirish bo‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionatiga mezbonlik qildi. Unda poytaxtlik chavandozlar qatorida, Belarusdan tashrif buyurgan sportchilar chempionlik uchun bahs olib borishdi. Qiziqarli bahslar yakunida Narine Tolipova (“Xellou Sensey”, laqabli otda), Evеlina Kondrina (“Salvador”), Inna Tokmakova (“Galateya”), Anastasiya Kresik (Belarus, “Sif Xeylfild), Alina Shevsova (“Rebekka”), Irina Menshikova (“Alon”), Inna Tokmakova (“Maksimus”) kabi sportchilar o‘z yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Text to speech