1 May 2021 3085

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Ohangaronlik futbolchilar Toshkent viloyatida tengsiz

Aprel oyida Toshkent viloyatida ham “Sportni sev, sport bilan yasha!” Respublika ommaviy musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu oy viloyatda mini-futbol bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Hal qiluvchi bellashuvlarda 4 jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Yuqori Chirchiq tumani mezbonlik qilgan bahslarda Ohangaron shahri vakillari barcha raqiblarini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishdi. Ular finalda Yangiyo‘l tumani jamoasini dog‘da qoldirishdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda esa bekobodlik yoshlar Chirchiq shahridan kelgan yigitlardan ustun kelishdi.

Sportni sev, sport bilan yasha!
Toshkent viloyati, mini-futbol
1. Ohangaron shahri
2. Yangiyo‘l tumani
3. Bekobod tumani

Text to speech