15 Mart 2023 1061

Hindistonda boks boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati start oladi

Ertaga Hindistonda boks boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati start oladi. Dunyoning 65 mamlakatidan 324 nafar sportchi bahs olib boradigan musobaqaga qurʼa tashlandi. Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari dunyo birinchiligini quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:

-48 kg: Farzona Fozilova – Roberta Bonatti (Italiya) 

-50 kg: Aziza Yakubova – Chutxamat Raksat (Tailand) 

-52 kg: Feruza Kazakova – Junxyung Jun (J.Koreya)

-54 kg: Nigina Oʻktamova – Karolina Fernandez (Meksika) 

-57 kg: Mahliyo Xabibullayeva – Tina Rahimi (Avstraliya)

-60 kg: Sitora Turdibekova – Rimma Volassenko (Qozogʻiston) 

-63 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Alesha Jekman (Guayana)

-66 kg: Navbahor Hamidova – Sara Varerau (Yangi Zelandiya) / Manju Bamboriya (Hindiston) 

-70 kg: Aziza Zokirova – Anastasiya Demurchyan (Rossiya) 

-75 kg: Sohiba Roʻzmetova – Kun Diyem (Vyetnam)

Text to speech