Yosh xokkeychilarimiz Osiyo chempionatida ketma-ket toʻrtinchi oʻyinda gʻalaba qozonishdi
Moʻgʻulistonda xokkey boʻyicha U-18 yosh toifasida Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirdi. Bugun musobaqa doirasida toʻrtinchi tur uchrashuvlari oʻtkazildi.
Unda Tailandga qarshi maydonga tushgan hamyurtlarimiz 10:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Qayd etish joiz, ketma-ket 4-uchrashuvda muvaffaqiyatga erishgan yoshlarimiz musobaqa chempionligini deyarli hal qilishdi.
Oʻzbekiston xokkey federatsiya Ijrochi direktori Elbek Mahmudovning maʼlum qilishicha, musobaqa yakunida jamoalar toʻplagan ochkolar teng kelsa, gʻolibni aniqlashda oʻzaro oʻyinga qaraladi. Shu bois nazariy jihatdan 12 ochko toʻplash imkoniyatiga ega boʻlgan Moʻgʻuliston va Turkmaniston termalarining gʻoliblik masalasida imkoniyati qolmaydi. Boisi, har ikki jamoa oʻzaro uchrashuvda xokkeychilarimizga magʻlub boʻlgan.
4-tur: Oʻzbekiston – Tailand 10:2
17.03.2023
5-tur: Oʻzbekiston – BAA