1 May 2021 396

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi Laser Run musobaqasiga taklif etadi

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi yurtimizda ommaviy sportni yana-da targ‘ib qilish maqsadida Laser Run musobaqani tashkil etmoqda. Bellashuvlarda barcha ishtirok etishi mumkin.

Musobaqa joriy yilning 15 may kuni poytaxtimizda joylashgan Z.M.Bobur nomidagi Markaziy eco-parkda soat 8:00 dan 12:00 gacha vaqtda bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatga olish 13 may kuni yakuniga yetadi. Unda ishtirok etishni istagan ko‘ngillilar +998997780005 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Laser Run bu belgilangan masofaga yugurib kelgan holda lazerli to‘pponchadan o‘q otishdir. U zamonaviy beshkurash sportiga kirgan yo‘nalish hisoblanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://modpen.uz/laser-run/

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech