14 Mart 2023 830

Tehrondan yana bir xushxabar

Eron poytaxtida ayollar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Navroʻz 1-xalqaro musobaqasida qilichbozlarimiz ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan kumush va bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Sablya bahslarida qatnashgan Sevinch Ismoilova finalgacha yetib bordi. Biroq hamyurtimiz hal qiluvchi bellashuvda imkoniyatni boy berib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, rapirada kechgan janglarda Umida Ilyasova bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Eslatib oʻtamiz, bungacha delegatsiyamiz ogʻir atletika va ot sportining konkur yoʻnalishida jami 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan edi.

Text to speech