14 Mart 2023
1253
Oʻzbekiston Koreyaga qarshi toʻliq oq libosda oʻynaydi
Ma'lumki, ertaga Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo kubogining yarim finalida Koreyaga qarshi uchrashuv oʻtkazadi. Mazkur oʻyinda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.
Shuningdek, bo'lajak bahsda bosh hakam sifatida Abdulloh Jamali (Quvayt) ishlaydi. Unga qanotlarda Ahmad Said Alrashdi (BAA) hamda Faysal Eid Alshammari (Qatar) yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa omanlik Qosim Matar Al-Hatmiga topshirilgan.
Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da start oladi.