14 Mart 2023
1181
Adham Ikramov jahon chempionatidan avval bokschi qizlarimizga omad tiladi
Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov ayni paytda Hindistonda xizmat safarida boʻlib turibdi. Vazir bugun Nyu-Deli shahrida jahon chempionatidan avval oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib borayotgan boks boʻyicha Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi istiqomat qilayotgan manzilga tashrif buyurdi.
Adham Ilhamovich murabbiylar shtabi va sportchilarimiz bilan uchrashib, mashgʻulot jarayonini kuzatdi va ularning tayyorgarligi haqida yaqindan suhbatlashdi. Uchrashuv davomida Yoshlar siyosati va sport vaziri bokschi qizlarimizga boʻlajak janglarda omad tiladi.
Eslatib oʻtamiz, ertaga ishtirokchi davlatlarning texnik yigʻilishi hamda qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi. Janglar 16-26-mart sanalariga belgilangan.