Kamonchilarimiz Xitoy Taipeyi va Turkiya safarlariga yo'l olishdi
Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalar va oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida ishtirok etish uchun xorijga yoʻl oldi. Merganlarimizning dastlabki manzili Xitoy Taipeyining Taoyuan shahri boʻladi.
Sportchilarmiz u yerda 16-19-mart kunlari oʻtadigan Osiyo kubogida ishtirok etishadi. Shundan soʻng jamoa Turkiyaning Antalya shahriga yoʻl oladi va u yerda 24-aprelga qadar boʻladi. Ushbu muddat oraligʻida kamonchilarimiz xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini, shuningdek, “Kahraman Bagatir” (27-31-mart) turniri hamda Jahon kubogining birinchi bosqichida (18-23-aprel) oʻz omadlarini sinab koʻradilar. Mazkur tadbirlarga terma jamoa quyidagi sportchilar bilan yoʻl oldi:
Amirxon Sodiqov
Ozodbek Ungalov
Yuy Chen Yao
Ziyodaxon Abdusattorova
Kamola Yunusova
Nilufar Hamroyeva