13 Mart 2023 851

Bugun og‘ir atletikachilarimiz musobaqada 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi

O‘zbekistonlik sportchi qizlar Eronning Tehron shahrida o‘tkazilayotgan 1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasida ishtirok etayotgani haqida ma’lum qilgan edik. Bugun og‘ir atletikachilarimiz musobaqada 3 ta medalga sazovor bo‘lishdi.

Nigora Abdullayeva -55 kg, Tursunoy Jabborova +81 kg vazn toifasida oltin, Rigina Adashbayeva esa -81 kg toifasida bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, Abdullayeva ikki kurash bo‘yicha 180 (80+100) kg, Jabborova 240 (105+135) kg natija ko‘rsatdi. Adashbayeva esa 215 (100+115) kg toshni bo‘ysundirdi. Shuningdek, Sevinchoy Komilova (-71 kg) 192 (87+105) kg bilan to‘rtinchi pog‘onani egalladi.

Text to speech