13 Mart 2023 792

Taekvondochilarimiz Belarus ochiq chempionatida beshta medalga sazovor boʻlishdi

10-12-mart kunlari Minsk shahrida taekvondo WT boʻyicha Belarus ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan sportchilarimiz 1 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Xabaringiz bor, ushbu sport turida Oʻzbekiston terma jamoasining yetakchilari Niderlandiya va Belgiyadagi musobaqalarga yoʻl olgan. Belarusdagi musobaqada asosan ikkinchi tarkib aʼzolari ishtirok etishdi. Turnirda shohsupaga koʻtarilgan sportchilar bilan tanishing:

 Oltin medal:
-54 kg: Omonjon Otajonov

 Kumush medal:
+73 kg: Iroda Mirtojiyeva

 Bronza medal:
-68 kg: Diyor Toʻxliboyev
+87 kg: Marat Mavlonov
-62 kg: Ozoda Sobirjonova

Text to speech