1 May 2021 3142

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Buxoroda stol tennisi oyligi yakunlandi

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” ommaviy musobaqasida aprel oyligi yakunlandi. Rejaga ko‘ra, Buxoro viloyatida o‘tgan oy stol tennisi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Viloyatning final bosqichiga Buxoro shahridagi 2-BO‘SM mezbonlik qildi. Unda Buxoroning 13 ta shahar va tumanlaridan 30 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. Yakunda ayollar o‘rtasida romitanlik Shahnoza Bahodirova, erkaklar o‘rtasida esa jondorlik Elbek Nazarov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Batafsil:

Sportni sev, sport bilan yasha, Buxoro
Stol tennisi, erkaklar:
1. Elbek Nazarov (Jondor tumani)
2. Ashraf Sharopov (G‘ijduvon tumani)
3. Muhammad Jo‘rayev (Qorako‘l tumani)

Ayollar:
1. Shahnoza Bahodirova (Romitan tumani)
2. Dilafro‘z To‘xtayeva (Buxoro shahar)
3. Maftuna Saidova (Buxoro tumani)

Text to speech